Xarri Keyn - mavsumda 30 ball to'plagan birinchi ingliz futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
13 dek 2023
Tunda, YCHL guruh bosqichi 6-turi doirasida "Bavariya" "Manchester Yunayted"ga qarshi kurash olib bordi.

Myunxenliklar forvardi Xarri Keyn golli uzatma etkazib berdi.

Shunday qilib, angliyalik bu mavsum samarali harakatlar orqali TOP-5 ligalarda 30 ball to'plagan birinchi ingliz futbolchisiga aylandi. Keyn hisobida 20 uchrashuvda 22 ta gol va 8 ta assist bor.

Ma'lumot uchun, Xarri Keyn 2023 yilda "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun