Xans-Diter Flik Bavariyani boshqarish uchun ikkita shart qo'ydi

Khoja
13 may 2024
Bavariya 10 may kuni Xans-Diter Flik bilan muzokaralarni boshladi.

Nemis mutaxassisi jamoaga qaytishga tayyor, biroq u rahbariyatga ikkita shart qo'ydi. Flik jamoa bilan uzoq yillik shartnoma tuzmoqchi ekanligini ma'lum qildi, biroq Bavariya murabbiyga ikki yillik shartnoma taklif qildi. Shuningdek, Xans-Diter Flik o'zining yordamchilari sifatida Miroslav Kloze va Toni Tapalovichni ko'rmoqchi.

Agar ushbu talablar Bavariya rahbariyati tomonidan qoniqtirilsa, Flik yozda jamoaga kelishi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: championat.com