Xamesning onasi Zidan uning o'g'liga ruhshunosga murojaat qilishni maslahat berganiga ishonmaydi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2016
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning onasi Pilar Rubio "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan uning o'g'liga ruhshunosga murojaat qilishni maslahat berganiga ishonmaydi.

Bu ma'lumot oldinroq Ispaniyaning Sport internet-nashri tomonidan tarqatilgan edi.

"Ma'lumotni tarqatgan manbani ko'rib rosa kuldim. Haqiqat esa boshqacha. Xames ruhan kuchli. U kuchli va har sohada g'olib" - deydi Rubio.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com