Messi Xamesga Argentina va Kolumbiya o'yini vaqtida: "Sen juda ko'p gapiryapsan"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025
Lionel Messi Xames Rodrigesga nisbatan noroziligini bildirdi.

Argentina hamda Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 saralash uchrashuvi 1:1 hisobida tugadi.

Ikkinchi taymda o'yin to'xtab qoldi, shu paytda argentinalik hujumchi Lionel Messi kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesga noroziligini bildirish uchun yaqinlashdi. O'yinchilar bir-biriga bir necha gap aytishdi. Ular suhbatining bir qismi video orqali aniqlandi.

"Sen bizga finalda yordam berilganini aytding. Sen juda ko'p gapiryapsan", – dedi Messi. "Men hech narsa deganim yo'q", – deya javob berdi Xames.

Futbolchilarning boshqa iboralarini aniqlash mumkin bo'lmadi, chunki ular og'izlarini kaftlari bilan yopib gaplashishdi.

O'yindan so'ng kolumbiyalik ushbu voqeaga izoh berdi: "Maydonda yuz bergan narsa maydonda qoladi".

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rodriges Argentina 2024 yilgi Amerika Kubogi finalida hakamlik tufayli g'alaba qozonganini aytgan edi: "Kolumbiya foydasiga 1-2 ta penalti belgilanmadi. Nima uchun VAR yozuvlari e'lon qilinmadi? Bu g'alati, shunday emasmi?"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports