Xames Rodrigez "Bavariya"da qaysi raqamda o'ynaydi?

Myunxenning "Bavariya" jamoasi o'z tarkibiga kolumbiyalik futbolchi Xames Rodrigezni qo'shib olganidan xabaringiz bor.


"Bavariya" klubi rasmiy tvitteri Hames Rodrigez jamoada 11-raqamda to'p tepishini ma'lum qildi.


"Real"dan 2 yillik ijara asosida o'tgan Kolumbiya terma jamoasi a'zosi "Bavariya"da katta yutuqlarga erishmoqchi.

"Men juda baxtliman. Nega deysizmi? Bu kabi katta klub va buyuk jamoaning bir bo'lagi bo'lish katta baxt. Barcha inson "Bavariya" qanday qadratli jamoa ekanligini juda yaxshi biladi. Myunxen bu yangi madaniyat, yangi klub hamda yangi hayot demakdir. Bu yerda yuksak o'yin ko'rsatib, katta yutuqlarga erishishga juda chanqoqman. Ishtiyoq juda baland. Men "Bavariya"da o'z orzularimni reallikka aylantirish uchun keldim", - deydi JCH-2014 to'purari Rodrigez.


Manba: championat.asia