Xames Italiya grandiga o'tish uchun yaqin turibdi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2019
"Bavariya"da ijara asosida harakat qilayotgan "Real" a'zosi Xames Rodriges faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi AS.

Turinliklar "blankos" rahbariyatini qoniqtiradigan mablag'ni to'lab bersa Xames Italiya grandi safiga borib qo'shiladi.

Kolumbiyalik futbolchining myunxenliklar bilan ijara shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi. Hozircha "Bavariya" mutasaddilari futbolchini sotib olishga shoshilmayapti. Avvalroq, Xames Rodrigesning boshlang'ich transfer summasi 60 mln. evroni tashkil qilishi ma'lum bo'lgandi.

27 yoshli xavbek joriy mavsum "qizillar" safida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta golli pasni o'z hisobiga yozib qo'ygan.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS