Xalqaro Chempionlar Kubogi-2019. "Milan" bu safar ham mag'lub bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2019
Xalqaro Chempionlar Kubogi mavsumoldi o'rtoqlik turniri doirasida "Milan" AQSHning Foksboro shahrida "Benfika"ga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuvdagi yagona golni lissabonliklarning marokashlik legioneri Adel Taarabt kiritdi. Shu tariqa, rossonerilar navbatdagi uchrashuvda ham raqiblariga minimal hisobda taslim bo'lishdi. Marko Jampaolo shogirdlari avvalgi o'yinda Bavariyaga ham xuddi shu hisobda engilishgandi. Eslatib o'tamiz, Milan turnirdagi hal qiluvchi bahsini 3 avgust kuni Manchester Yunaytedga qarshi o'tkazadi.

Benfika esa turnir doirasida o'tkazgan uchchala bahsida ham zafar quchdi. Ular bugungi raqibidan tashqari, Gvadalaxara (3:0) hamda Fiorentinani (2:1) taslim etishdi. Endi Benfika 5 avgust kuni Portugaliya Superkubogi uchun Sporting bilan to'qnash keladi.


"Milan" – "Benfika" 0:1 (0:0, 0:1)

“Gillette Stadium”

Gol: 0:1 – 70 Taarabt.

"Milan" – Donnarumma (Reyna, 46), Kalabriya (Konti, 46), Musakko (Gabbiya, 64), Romanoli, Rodriges (Strinich, 64), Bigliya, Kastilexo, Suso, Chalxanoglu (Krunich, 64), Borini (Breshanini, 87), Piontek (Maldini, 87).

"Benfika" – Vlaxodimos, Grimaldo (Ebuexi, 73), Diash, Nunu Tavaresh, Ferru (Jardel, 73), Feysa (Florentinu, 73), Picci (Shikinyu, 72), Pires (Samaris, 72), Rafa Silva (Kayo, 72), Taarabt (Jota, 86), Seferovich (Jivkovich, 87).

Ogohlantirishlar: Picci (38), Musakko (38), Feysa (65).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia