Xalqaro Chempionlar Kubogi-2019. Maldining xatosi "Milan"ning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2019
Xalqaro Chempionlar Kubogining navbatdagi uchrashuvida Manchester Yunayted Marko Jampaolo boshchiligidagi Milanga qarshi to'qnash keldi.

O'yinning asosiy bo'limlarida 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra ekstrataymlari o'tkazilmadi va penaltilar seriyasida qizil iblislar zafar (5:4) quchishdi. Rossonerilar safida yagona noaniq zarbani 17 yoshli hujumchi Daniel Maldini berdi.


Manchester Yunayted – Milan – 2:2 (1:1, 1:1). 

Gollar: Reshford, 14 (1:0). Suso, 26 (1:1). Lindelef, 60 – avtogol (1:2). Lingard, 72 (2:2).

Penaltilar seriyasi: 5-4

Manchester Yunayted: de Xea, Roxo (Yang, 64), Lindelef, Shou, Van-Bissaka (Tuanzebe, 64), Mata (Djeyms, 64), Maktominey, Matich (Fred, 64), Pereyra (Lingard, 64), Marsyal (Grinvud, 82), Reshford (Gomesh, 82).

Milan: Dj.Donnarumma (Reyna, 64), Muzakkyo, Rodriges (Konti, 77), Kalabriya (Strinich, 77), Romanyoli (Breshanini, 77), Bilya (Krunich, 64), Xakan Chalxanoglu, Samuel Kastilexo (Andre Silva, 64), Pentek (Maldini, 77), Borini (Gabbia, 77), Suso (Bonaventura, 77).

Ogohlantirishlar: Fred, 73. Xakan Chalxanoglu, 90.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia