Xallish: “Jazoirning yana ikki uchrashuvi bor, biz engilmasligimiz kerak”

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2014
Jazoir terma jamoasi himoyachisi Rafik Xallish birinchi turda Belgiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, yaqinlashib kelayotgan Janubiy Koreya bilan bahsda g'alabaga erishmoqchi.
“Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat o'tmishga aylandi. Biz koreyaliklarga qarshi tayyorlanishimiz kerak va g'alaba bizga guruhdan chiqish uchun imkoniyat yaratadi. Belgiyaliklarga qarshi uchrashuvda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hech kim unutgani yo'q, ammo biz kelajak uchun reja tuzishimiz kerak.

Janubiy Koreya tezkor hujum va o'yinni yaxshi tashkil qila oladigan jamoa, biz raqibimizni videotasvirlar orqali o'rganishga harakat qildik. Jazoirning yana ikki uchrashuvi bor. Jamoamiz albatta engilmasligi kerak” – deydi himoyachi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com