"Xall siti" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi, uning o'rniga Arveladze tayinlanadi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2022
Angliyaning "Xall siti" klubi bosh murabbiy Grant Makkann bilan shartnomani bekor qildi.

Uning o'rniga "Paxtakor" klubi sobiq murabbiyi Shota Arveladze tayinlanadi. Bunday qaror klubning yangi turk xo'jayini Ajun Ilijali tomonidan qabul qilingan. Gruziyalik mutaxassisning bosh murabbiy sifatida tayinlanishi bugun e'lon qilinishi mumkin.

“Xall Siti” Chempionship joriy mavsumida 27 o'yin o'tkazib, 29 ochko to'plagan holda 19-o'rinda bormoqda. 

Tezkor! Arveladze yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga keldi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/hullcity