Cheran-trik, maydonda yugurib yurgan Shota, tabassum qilayotgan Berdiev, maydonga "sanchilib" qolay degan Akrom GALEREYA

Tolibjon Qosimov
22 avg 2020
Kecha Coca Cola Superligada 11-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Turning markaziy bellashuvi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tdi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro bellashishdi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda Shota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" Ro'ziqul Berdiev boshqaruvidagi "ajdarlar"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Ana shu o'yindan ajoyib fotojamlanmani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Joriy mavsum "Nasaf"ning hujumdagi eng faol o'yinchilaridan biri bo'lib kelayotgan Oybek Bozorov.


Afsuski, "Bunyodkor" stadioni maysasining ko'chib ketishi hamon davom etmoqda.


Shota nega o'yin payti maydonda yugurib yuribdi degan savol paydo bo'lgandir. Chimning ko'chib ketgan joylarini to'g'rilab qo'ygan murabbiy to'p shu tomonga kelib qolmasidan maydondan chiqib olishga shoshmoqda.


Birinchi bo'limda A'zamov va Abdixoliqov qarama-qarshiligiga ko'b bor guvoh bo'ldik.


Javohir Sidiqov asosiy tarkibda tushdi va o'z imkoniyatiga ega bo'ldi. Bahsdan so'ng Arveladze uning harakatlaridan qoniqqanini aytib o'tdi.


Yaxshi kadr.


Dragan Cheran sobiq jamoasini ayab o'tirmadi.


O'zing olib kelgan legioner sening jamoangga gollarni "yog'dirib" tashlagandagi holat)


Video Ro'ziqul Berdiev: "Mashal" Murtozaev uchun 2 milliard so'm so'radi"

Hamrobekov ham kecha sobiq jamoasiga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdi, mana shu vaziyatda esa Masharipovga Kuarejma uslubida chiroyli pas berdi.


Cheran-trik.


Zo'r, Dragan. Zo'o'o'r!


Video Shota Arveladze: "Bunyodkor"da sifatli maydon bo'lishi kerak, bu O'zbekiston terma jamoasi uchun muhim"

Afsuski...


Stadion maysasi qanday holatda degan savolga birgina shu rasm javob bo'la oladi, ortiqcha izohga hojat yo'q.


Akrom Komilov maydonga "sanchilib" qolay dedi.


O'yindan keyin ikki tomon do'stona iliq suhbat qurmoqda.



O'yindan ajoyib fotojamlanmani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar