Xalk "Zenit"ga qaytishi mumkin

Alisher
20 noya 2020
"Shanxay SIPG" hujumchisi Xalk "Zenit"ga qaytishi mumkin.

Rossiya klubi "Portu" bilan 34 yoshli braziliyalik forvard uchun raqobat qilmoqchi. "Zenit" Xalkka rasmiy taklif berdi va forvardga yiliga 3 million evro to'lashga tayyor.

Portugaliyaliklar futbolchiga bir mavsum uchun 1,5 million evro miqdorida shartnoma taklif qilmoqda.

Xalkning o'zi Yevropaga qaytmoqchi. Uning Xitoy klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Xalk 2012-2016 yillar davomida "Zenit" klubi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: A Bola