Xalk "Shanxay SIPG"ni tark etadimi?

Aslanov Jasurbek
24 dek 2017
"Shanxay SIPG" hujumchisi Xalk unga Yevropa klublari taklif bilan chiqqani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Men faqat maydonda ishlayman, bor e'tiborim o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishga qaratilgan. Maydonda tashqarisidagi ishlarim uchun esa menejer bor.

Takliflar, qiziqish va aloqalar bo'ldi. Vakilim bilan bog'lanishga urinishdi, ammo Xitoyda baxtliman. Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. Oilam ham mamnun" - deydi Xalk.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik forvard 2016 yilning yozida 56 mln. evro evaziga "Zenit"dan "Shanxay SIPG" safiga o'tgan edi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham ushbu klub sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte