

Bu ikki futbolchiga qo'shilib jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham federatsiyaning Pekindagi qarorgohiga bordi.

"Shanxay SIPG" klubi matbuot-kotibi uchrashuv "Xenan Jiane"ga qarshi bahsda (4:1) Xalk tomonidan ko'rsatilgan futbolka tufayli ekanligini bildirdi va boshqa izoh bershini istamadi.
Xalk o'sha uchrashuvda diskvalifikaciyaga uchragan Oskarni qo'llab-quvvatlash maqsadida futbolkaga "Hech nima qilma, hech nima gapirma" so'zlarini yozib olgan edi.
Xitoylik jurnalist Je Ji o'zining "Tvitter"dagi akkaunti orqali Andre Villash-Boash, Xalk va Vu Lei ikkitadan o'yinga chetlatilganini ma'lum qildi.



