

O'zbekiston MTJ Qirg'iz Respublikasini mag'lub etganidan so'ng JCHga chiqish imkoniyatlari keskin oshib ketdi. Terma jamoamizning JCHga chiqish imkoniyati 92,6 foizga baholanmoqda.
Mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish uchun davogarlar orasida Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi 4-o'rindan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi 7-turdan so'ng okean ortida bo'lib o'tadigan turnirga yo'llanmani naqd qilgandi.




