"Vulverxempton" va "Vest Xem" "Sevilya" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
22 iyun 2021
"Sevilya" forvardi Yussuf En-Nesiri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli marokashlik uchun "Vulverxempton" va "Vest Xem" davogarlik qilmoqda.

Ispan klubi yanvarda o'yinchi borasida berilgan 35 million evrolik taklifni rad etgan edi.

En-Nesiri 2020/21 yilgi mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishdi. Uning hisobida shuningdek Chempionlar Ligasida 8ta o'yinda 6ta gol bor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira