"Vulverxempton" koreyalik forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
4 avg 2022
"Vulverxempton" "Bordo"ga forvard Xvan Uy Jo bo'yicha taklif berdi.

Francuz tomoni taklif qilingan 3 million evro etarli emas deb hisobladi, ammo muzokaralar davom etadi, sababi 29 yoshli futbolchi Premer-ligada o'ynashni xohlamoqda.

Koreyalik futbolchi o'tgan mavsum "Bordo" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Forvardning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 7 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr