"Vulverxempton" "Atletiko" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
16 apr 2020
"Atletiko" xavbeki Toma Lemar "Vulverxempton" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Bo'rilar" Yevropa Ligasida yaxshi ishtirok uchun hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlashmoqda va "Atletiko" zaxirasida qolib ketayotgan 24 yoshli francuz klub uchun bu muammoni hal qilishda yordam berishi mumkin.

Madridliklar o'yinchi bilan 25-30 million evrodan kam mablag' evaziga xayrlashmoqchi emaslar.

Oldinroq, "Manchester Yunayted"ning ham Fransiya terma jamoasi o'yinchisiga qiziqayotganligi haqida xabarlar yangragan edi.

Francuz joriy mavsum La Ligada 17ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun