

"Bu qanchalik darajada jaxlingizni chiqarganini tushunib turibman, chunki biz muxlislar bilan buni muhokama qilmadik. Biz ananalarimizga qarshi chiqib, juda katta xatoga yo'l qo'yganimizni tushundik. O'tgan ishlardan saboq olganmiz va shu boisdan yaratilgan taqdirda ham Superligada ishtirok etmaymiz", - dedi Vudvord.
19 aprel tunida Superliga yaratilgani ma'lum qilingandi. Oradan ikki kun o'tib, turnir bekor qilindi. O'sha tunda MYU matbuot xizmati ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Ed Vudvordning ishdan ketishini ma'lum qildi.



