Vuchinich intriga saqlanib qolishi uchun "Yuventus" - "Roma" o'yinida durangga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016
"Yuventus" sobiq hujumjchisi, hozirda "Al-Jazira" sharafini himoya qilayotgan Mirko Vuchinich "Yuventus" hamda "Roma" o'rtasida bo'ladigan A Seriyaning 17-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Durangga umid qilyapman, shunda chempionlik masalasi aniq bo'lmaydi va hamma futboldan rohat oladi. "Yuventus"da uchrashuv taqdirini hal qiladigan Pyanich va Iguain bor. Ammo "Roma"da ham Jeko va Nainggolan kabi kuchli futbolchilar mavjud. Hammasi jamoalar himoyada qanday o'ynashiga bog'liq" - deydi Vuchinich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport