

Voycexning transfer huquki Londonning “Arsenal” klubiga tegishli. Posbon so'nggi ikki mavsumni ijara asosida “Roma”da o'tkazdi. U bu davr mobaynida 81ta uchrashuvda maydonga tushdi.
“Kelishuv yakuniga etdi va endi men “Roma” futbolchisi emasman. O'tgan ikki yil men uchun yodda qolarli bo'ldi, Fursatdan foydalanib, jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Shesni o'zining “Instagram”dagi sahifasida.



