Vohid Xolboev: "Futbolni aldab bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
24 may 2018
O'zbekiston Pro-ligasi 11-turi doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv-BFK" - "Nurafshon" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirdi.

Hozirgi futbolchilar raqibga qarab o'ynaydigan bo'lib qolishgan. O'yin boshlanishidan oldin yigitlarga futbolni aldab bo'lmasligini, raqib jamoani hurmat qilish kerakligi aytilgandi. Mana g'alabaga ham erishdik. Biroq bosh murabbiy sifatida jamoaning o'yinidan umuman qoniqmadim.

"Lokomotiv-BFK" tarkibida yosh yigitlar ko'p, ular hali birorta uchrashuvda g'oliblikka erisha olmaganda. Shu sababdan ular bizdan-da ko'proq g'alabani istashdi. Menimcha shu jihat tufayli o'yinda kichik hisob qayd etildi.

shogirdlarim bugun huddi o'z maydonimizdagidek 5ta gol uramiz deb o'ylashgandi. Biroq futbolchi har doim o'yinlarga yuz foiz kuchni tashlashi kerak. O'shanda natijalar ham keladi, gollar ham ko'payadi", - dedi Vohid Xolboev.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia