Vohid Shodiev va Timur Hakimov Tojikiston klubida ko'rikdan o'tishmoqda

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018
Tojikistonning "Istiqlol" klubi ayni kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi jamoa kecha Toshkentdagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazib 0:2 hisobida yutqazdi. Ushbu o'yinda "Istiqlol" safida o'zbekistonlik Vohid Shodiev va Timur Hakimov ham maydonga tushishdi. Bu ikki futbolchi jamoada ko'rikdan o'tishmoqda.


Dushanbeliklar Toshkentdagi yig'inda yana 4ta o'yin o'tkazishni rejalashtirib qo'yishgan:

20 fevral
Istiqlol - So'g'diyona

21 fevral
Istiqlol - Oq-tepa

23 fevral
Istiqlol - Qizilqum

25 fevral
Istiqlol - Surxon


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia