Vlaxovich uchun "Arsenal", "Man Siti", "Atletiko" va "Tottenxem" 80 mln berishga tayyor. "Yuve"da buncha pul yo'q

Narzulla Saydullayev
25 dek 2021
Yevropaning bir necha yirik klublari "Fiorentina" futbolchisi Dushan Vlaxovichga qiziqishmoqda.

"Arsenal", "Man Siti", "Atletiko" va "Tottenxem" kabi klublar 21 yoshli Dushan Vlaxovich uchun 80 mln evro berishga tayyor. "Yuventus" klubi esa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bu summani to'lay olmaydi. 

Turin klubi Vlaxovich bilan shartnoma imzolay olmaydigan bo'lsa, Mauro Ikardi yoki Edinson Kavani bilan bitim tuzishga urinib ko'rishadi. 

Ma'lumot uchun, Vlaxovich "Fiorentina" tarkibida ushbu mavsumda 22 ta o'yin o'tkazib, 18 gol va ikkita assist qayd etdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Tutto Juve