Vlashich "Byornli" futbolchisiga og'ir jarohat etkazdi va yig'lab yubordi

Sherzod Nurmatov
17 apr 2022
"Byornli" yarim himoyachisi Eshli Vestvud Angliya chempionati 33-turi doirasidagi "Vest Xem" bilan o'yinda jiddiy jarohatga yo'liqdi.

U o'rnidan turolmay qoldi va shifokorlar darhol yordamga oshiqishdi.

Har ikki jamoa futbolchilari Vestvudning jarohatidan shok holatga tushib qolishdi. 

"Vest Xem" yarim himoyachisi Nikola Vlashich esa ko'zyoshlarini tiyib turolmadi. Jamoadoshlari uni tinchlantirishga urinishdi.

Vestvud maydondan olib chiqib ketildi va o'yin davom etdi. Yakunda uchrashuvda durang qayd etildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia