Antonio YTHga uchradi. "Vest Xem" buni tasdiqladi: "Klubdagi barcha xodimlarning o'ylari va duolari Mikail, uning oilasi va do'stlari bilan"

Alisher
7 dek 2024
Mikail Antonio YTHga uchradi.

"Vest Xem" jamoa hujumchisi avtofalokatga uchraganini xabar qildi.

"Vest Xem Yunayted" hujumchi Mikail Antonioning bugun yo'l-transport hodisasiga uchraganini tasdiqlaydi. Klubdagi barcha xodimning o'ylari va duolari Mikail, uning oilasi va do'stlari bilan.

Klub yangilangan ma'lumotni o'z vaqtida chop etib boradi", – deyiladi "bolg'a urarlar" bayonotida.

"Vest Xem"ning rasmiy xabariga qadar ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining YTH ishtirokchisi bo'lgani va vertolyotda shifoxonaga etkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi, ammo tarmoqlarda voqea joyida surat tarqaldi.



AlisherMuallif
Manba: x.com/WestHam/