

Lekin, futbolchi hali hech qaysi klublar bilan kelishuvga erishmaganini saytimizga ma'lum qildi.
"Ha, "Surxon" bilan muammolarni hal qildim. Lekin, hech qaysi klub bilan kelishganim yo'q. "Qo'qon-1912"dan taklif? Bu shunchaki mish-mish. "Surxon" bilan muzokaralar o'tkazdik. Ammo, yakunda kelisha olmadim. Hozir O'zbekistondaman. Jiddiyroq takliflar kutyapman",- deydi Bubanya.



