Vitcel uyida jarohatlandi. U 2019 yilda boshqa o'ynamaydi
Mirjalol Normatov
9 dek 2019, 20:14
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Aksel Vitsel noodatiy jarohati sababli yil ohirigacha safdan chiqdi.
30 yoshli belgiyalik futbolchi o'z uyida yiqilib tushib, yuzini jarohatlab olgan. Shu boisdan uni operaciya qilishgan va bu muvaffaqiyatli yakunlangan.
Ushbu mavsumda u Bundesliganing 13 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.