Vitaliy Levchenko: "Biz uchun chempionat yoki kubok uchrashuvi farqlanmaydi"

Administrator
20 apr 2024
O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "Sirdaryo FA" - "Neftchi" (1:5) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi jamoaga qarshi o'yin o'tkazdik. Sirdaryoliklar tarkibida akademiyaning yosh futbolchilari maydonga tushishdi. Mahorat bobida ustun edik, bu o'yinda ham, hisobda ham aks etdi.

- Kubok uchrashuvlarida "Neftchi"ning maqsadlari qanday?

- Chempionat o'yinimi, kubokmi, buni farqlamaymiz. Asosiysi, har bir o'yinda g'alabaga erishib, muxlislarimizga g'alaba kayfiyatini taqdim etish.

- Maydon borasida sizda etirozlar tug'ilmadimi?

- Bu kabi yosh jamoa maydonida nomdor klublarning kelishi bayramga aylanib ketadi. Maydon va tashkilotchilik, barchasi a'lo darajada.

- Jamoa legionerlari o'yinlaridan qoniqayapsizmi?

- Bugun biz rotaciyalarga qo'l urdik. O'yin amaliyoti va jismoniy holatni barqaror ushlab turish uchun barchaga imkoniyat berayapmiz. Legioner futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishayapti.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia