Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida intervyu berdi

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016
O'zbekiston terma jamoasi ham Moskvaning "Lokomtoiv" himoyachisi Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi Rossiya chempionati o'yinidan oldin jamoaning holati haqida so'zlab berdi.

- "Spartak"dan uchralgan mag'lubiyat unutildimi?

- Har qanday jamoa omadsiz o'yinlarni tahlil qiladi, ammo murabbiylar shtabi futbolchilarni ruhan qiynamaslik uchun bunga katta e'tibor bermaslikka harakat qiladi. Xatolar ustida ishlab, olg'a qadam tashlash kerak.

- "Ufa"ga qarshi bahs borasida bosh murabbiyi Yuriy Syomin biror narsa dedimi?

- Ishlash kerak bo'lgan narsalar bor. Nazariy mashg'ulotlarda hammasini muhokama qilamiz.

- O'tgan haftada terma jamoa safida o'ynadingiz, keyin qaytib "Spartak"ka qarshi bahsda maydonga tushdingiz. Ish jarayoniga qaytdingizmi?

- Qaytdim. Endi Qatardagi ob-havoni ham qaytarish kerak.

- "Ufa"ga qarshi bahs Syomin qaytganidan so'ng uy stadionida o'tkazgan birinchi bahsi bo'ladi. Bu o'yin o'zgacha bo'lishini his qilyapsizmi?

- Syomin kimligini barcha yaxshi biladi. Atrofdagilarning munosabati, muxlislar suhbatlari va matbuotdagi maqolalardan sezilyapti. Ammo Yuriy Pavlovich bunga ko'p e'tibor qilmay, ishiga ko'proq vaqt ajratadi deb o'ylayman.

- "Spartak"dan uchralga mag'lubiyatdan so'ng, "Ufa"ga qarshi bahs ruhiy jihatdan boshqacharoq bo'ladimi?

- Unday demagan bo'lardim. Har bir jamoaning g'alaba va mag'lubiyatlari bor. Miyani bunday narsalar bilan to'ldirmaslik kerak. Shunchaki o'z ustida ishlab, o'yinni tahlil qilish kerak.

"Lokomotiv" - "Ufa" o'yini 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fclm.ru