"Vissel Kobe" "Aston Villa" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
19 okt 2023
"Aston Villa" Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan hamkorlik haqida e'lon qildi.

Ushbu kelishuv yaponiyalik yosh iqtidorlarga Yevropa, jumladan, "Aston Villa" tarkibida to'p tepish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan bo'lib, klublar shuningdek, katta futbolni rivojlantirish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Oktyabr oyi oxirida Kobe delegaciyasi Birmingemga tashrif buyuradi. "Vissel Kobe" U-16 jamoasining ikki iqtidori "Aston Villa" tizimida mashg'ulotlarda ishtirok etadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sportarena.com