"Manchester Siti" klubi matbuot xizmati hujumchi Gabriel Jezus va himoyachi Kayl Uoker, shuningdek, jamoa shtabining ikki a'zosi koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.
Barcha virus yuqtirganlar Buyuk Britaniya hukumati va Premer-liga tomonidan belgilangan bayonnomaga muvofiq karantinga olinadi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 26 dekabr kuni "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.