

21 yoshli yarim himoyachi 2023 yil yakunlariga ko'ra, muvaffaqiyatli aldab o'tishlar soni bo'yicha (133) Yevropaning TOP-5 ligalarida eng yaxshi natija ko'rsatdi.
Bunday natijaga erishishida Dokuga mavsum davomida "Renn"dan "Manchester Siti"ga transferi ham halaqit qilmadi.
Muvaffaqiyatli driblinglar bo'yicha ikkinchi o'rin "Bavariya"ning 27 yoshli yarim himoyachisi Leroy Sanega (114), uchinchi pog'ona esa "Atletik"ning 21 yoshli vingeri Niko Uilyamsga nasib qildi (110).
"Real" yetakchisi Vinisius Junior esa (106) kuchli uchlikdan ham joy ololmadi, beshinchi o'rinni uning jamoadoshi Rodrigo (101) egalladi.



