

"Menga "Barselona"ning o'yin uslubi yoqadi. Bu jamoa har doim to'pga egalik qiladi va tinimsiz hujum uyushtiradi – bunday futbol men uchun yaxshi. Katta klubda o'ynash – ajoyib imkoniyat. Agar taklif tushsa, o'tirib gaplashamiz", – dedi futbolchi.
Baena – "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi. 22 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



