"Vilyarreal" Xorvatiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
28 avg 2021, 18:37
Joriy transfer oynasida "Volfsburg" futbolchisi Yosip Brekalo uchun kurash ochilgan edi va u nihoyat yangi jamoasini topdi.

"Lacio" va "Atalanta"ning qiziqishiga qaramay, xorvat "Vilyarreal"ni tanladi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.

Nemislar o'yinchi uchun 15 million olmoqchi, ispan klubi "Volfsburg"ning so'rovlarini qondiradi.

Futbolchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio