Vilyar "Roma"dan ketmoqchi. Futbolchi Mourinyu qo'l ostidagi tarkibga kira olmayapti

Alisher
2 noya 2021
Yarim himoyachi Gonsalo Vilyar qishki transfer oynasida "Roma"dan ketishi mumkin.

Vilyar o'zining "bo'rilar" tarkibidagi holatidan norozi va yanvarda klubini o'zgartirmoqchi.

Ispaniyalik xavbek rimliklarning o'tgan mavsumdagi asosiy o'yinchisi bo'lgan edi, ammo Joze Mourinyu bosh murabbiylikka kelganidan so'ng maydonga chiqmadi.

23 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Betis" va "Valensiya" qiziqish bildirmoqda va u bilan ijara asosida shartnoma imzolashmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport