Vilya “Nyu-York Siti”ni tark etadi

Ispan hujumchisi jamoasidan ketmoqda.

36 yoshli hujumchi David Vilya “Nyu-York Siti” klubini tark etishi rasman e'lon qilindi. Uning klub bilan shartnomasi 2018 yil 31 dekabrida yakuniga etadi va u uzaytirilmaydi. David “Siti” tarkibida 2015 yildan beri to'p surib kelayotgandi. U bu davrda MLS’da 124 ta o'yin o'tkazib, 80 ta gol urdi.




Manba: “Нью-Йорк Сити” расмий сайти