Vilya: "Hech qachon Ispaniya terma jamoasini tark etmaganman va qaytishga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 15:18
"Nyu-York Kosmos" hujumchisi David Vilya hali Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olishi mumkinligini aytdi.

"Hech qachon Ispaniya terma jamoasini tark etmaganman. Hozir milliy jamoadan chaqiruv olishim mumkin, chunki biz (AQSH) o'ynamayapmiz. Qaytishga tayyorman, ammo uni bajarish qiyinligini bilaman. Chunki murabbiylar so'nggi sakkiz oy mobaynida boshqa futbolchilarga ishonishgan" - deydi Vilya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital