Viloyat hokimi “Andijon” futbolchilari bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 00:47
Kecha, 13 iyul kuni, birinchi liga a'zosi “Andijon” klubining navbatdagi mashg'ulotiga Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov tashrif buyurdi.

“Andijon” klubi muxlislari yetakchisi Nodirbek To'ychievning ma'lum qilishicha, viloyat rahbari klub murabbiylari va futbolchilari bilan muloqot qilgan va ularning oldiga aniq vazifalarni qo'ygan.

“Jamoa oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yildi. Viloyat hokimimiz bu borada hech qanday muammolar bo'lmasligini aytdi”, deb yozadi andijonli muxlislar faoli o'zining Telegramdagi kanalida.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia