Villash-Boash Ronalduga maslahat berdi

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2021
Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash Kritshianu Ronalduni "Yuventus"da qolishga chaqirdi.

"Endilikda "Yuventus"da yangi murabbiy – Massimiliano Allegri ishlayapti. Ronaldu uchun yana bir katta chorlov, chunki Allegri klubga ko'p muvaffaqiyat keltirgan murabbiy, uning faoliyati tahsinga sazovor.

Shunday ekan, men Ronalduga qolishni maslahat bergan bo'lardim. Bu u uchun PSJga kyetishdan-da kattaroq chaqiruvdir", – dedi Villash-Boash.

Ronaldu 2018 yoildan beri "Yuventus"da to'p tepmoqda. U klub bilan 5 ta sovrin yutdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild