

"Biz ruhan va jismonan tayyormiz va jamoa bu mavsumda katta muvaffaqiyatlarga erishadi degan umiddaman. Xato qilishga haqqimiz yo'q, ilk daqiqalardan g'alaba qozonish uchun jamoa bor e'tiborini o'yinga qaratishi kerak.
Odil Ahmedov hujum va himoya o'rtasidagi balansni ushlab turishga yordam beradi. Shi Ke, Xe Guan va boshqa futbolchilardan umidim katta" - deydi Villash-Boash.
Agar "Shanxay SIPG" ushbu uchrashuvda g'alabaga erishsa, klub OCHL guruh bo'sqichining "F" to'rtligida ishtirok etadi. Ushbu guruhda "Seul", "Urava Red Daymonds" va "Vestern Sidney Uonders" jamoalari bor. "Shanxay SIPG" hamda "Sukxotai" o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.



