Viktor Kumikov: "Omad biz tomonda bo'lmadi"

Sherzod Nurmatov
24 avg 2020
Coca Cola Superligasi 12-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov qatnashdi.

"Avvalo, chiroyli o'yin namoyish etganliklari uchun shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, g'alaba uchun maydonga tushganimizni amalda isbotlay oldik, chunki yigitlarda g'alabaga bo'lgan tashnalik ko'rinib turgandi. Bugun g'alabaga juda yaqin kelgandik. Afsuski, omad biz tomonda bo'lmadi. G'alaba qozonish uchun gol urish kerak, lekin biz buni uddasidan chiqa olmadik" - deydi Kumikov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia