Vikario "Man Siti"ga qarshi 60 daqiqa singan oyoq bilan o'ynagan

Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024
"Tottenxem" golkiperi Gulelmo Vikario APL 12-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsning (4:0) 60 daqiqasini singan oyoq bilan o'tkazganini ma'lum qildi.

"Bazan futbol o'zining maksimum imkoniyatlarini taqdim etadi, bazida esa siz umuman kutmagan sinovlarga duchor etadi. 60 daqiqa davom "Etixad"da to'piq suyagi singan holda o'ynab, jamoa g'alabasi uchun borimni berish. Afsuski, bazida shunday qilishingizga to'g'ri keladi… Bu vaziyatda jarrohlik amaliyotisiz ish hal bo'lmasdi.

Ma'lum vaqt davomida jamoaga yordam bera olmasligimdan qattiq afsusdaman.

Shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi va ertadan boshlab, men kuchliroq, sog'lomroq hamda jamoa uchun yana borimni berib o'ynash uchun astoydil mehnat qilishni boshlayman.

Qo'llab turganliklari uchun "Tottenxem" muxlislariga rahmat. Yaqinda maydonda ko'rishamiz", - deb yozdi Vikario ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia