Vieyra sobiq jamoasi ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
5 apr 2022, 09:40
APL 31-turida “Arsenal” ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (3:0)dan so'ng, “Kristal Pelas” ustozi Patrik Vieyra o'z fikrlarini aytdi.

“Jamoa bilan faxrlanaman, juda yaxshi futbol ko'rsatdik. Yaxshi himoyalandik va o'yinning muhim daqiqalarida gol urib, imkoniyatlarimizdan unumli foydalandik. Bizga ajoyib jamoaviy o'yin lozim edi va buni uddaladik, shu tufayli juda ham xursandmiz. Bosim o'tkazmoqchi bo'ldik va stadiondagi muhim bunday tavakkalga qo'l urishimizga imkon yaratdi. Juda yaxshi himoyalandik va gol urish uchun imkoniyatlardan foydalandik. O'yinchilar charchashdi, ammo asosiysi atmosfera va ortimizda bizni qo'llayotgan muxlislarda”, deydi Vieyra.

“Kristal Pelas” ochkolari sonini 37 taga etkazib, chempionat jadvalida 9-o'ringa ko'tarildi. Jamoani oldinda 10 aprelda “Lester”ga qarshi bahs kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport