

"Germaniyada "Bavariya" bilan bahslarda jamoalar o'z darvozasi oldiga turib oladi. Chempionlar ligasida esa raqiblar sen bilan tengma-teng o'yin olib borishga intiladi. "Arsenal" Angliya chempionatidek o'yin ko'rsatadi deb umid qilaman. Chempionlar ligasida jamoalar hujum qilishi kerak, shunda muxlislar haqiqiy "Bavariya"ni ko'rishadi" - deydi Vidal.
"Bavariya" va "Arsenal" o'rtasidagi ilk bahs 15 fevral kuni, javob o'yini esa 7 mart kuni o'tkaziladi.



