Vetnam U-20 termasi ustozi: "Biz to'plagan 6 ochko guruhdan chiqishimizni kafolatlamaydi"

Eldor Akmurzayev
5 mar 2023, 09:35
U-20 Osiyo Kubogi 2-turida Qatar ustidan qo'lga kiritilagn 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin Vetnam yoshlar termasi ustozi Xoang An Tuan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Bugungi uchrashuv bo'yicha fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

– Birinchi navbatda futbolchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz ushbu uchrashuvni g'alaba bilan yakunlab oldik va bizning keyingi raqib Eron terma jamoasi, keyingi raqibga tayyorgarlik ko'rishni boshlashimiz kerak.

Keyingi raqibingiz Eron haqida gapirib o'tsangiz?

– Vetnam terma jamoasi 6 ochko to'plab bo'ldi va guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuv Eronga qarshi bo'ladi, ammo biz to'plagan 6 ochko guruhdan chiqishimizni kafolatlamaydi va shu sabab Eronga qarshi yaxshi o'yin namoyish etishimiz kerak, agar biz guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuvda ochko ishlay olmasak, guruhda qolib ketishimiz munkin, shu sabab uchchinchi tur bahsi biz uchun juda muhim.



Vetnam termasi futbolchisi Van Xvang (man of the match)

Bugungi o'yindagi ishtirokingiz haqida fikr bildirsangiz?

– Bugun barcha yigitlar so'ngi daqiqagacha maydonda jang qilishdi va mening fikrimcha g'alabaga loyiq edik.

Bugun Vetnam uchun ikkinchi g'alaba bo'ldi, uchrashuvdan so'ng futbolchilarnig hursandchiligi va emociyalari haqida aytib bersangiz?

– Barcha yigitlar juda hursand, chunki biz bu natijaga erishish uchun katta mehnat qildik va qiyin yo'lni bosib o'tdik.


Abdulvosit Bektemirov yozib oldi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia