Vetnam so'nggi 18 o'yinda mag'lub bo'lmagan

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019
8 yanvar kuni Vetnam termasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

Ushbu termaning so'nggi natijalariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz.

Vetnamliklar so'nggi 18 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. Jamoaning so'nggi mag'lubiyati 2016 yilning dekabrida bo'lgan va unda terma Suzuki Kubogi doirasida Indoneziya termasiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. Shundan buyon ushbu terma Laos, Shimoliy Koreya, Iordaniya, Kamboja, Malayziya kabi termalarga qarshi bahslar olib bordi va mag'lubiyatga uchramadi.

Vetnamning Osiyo kubogidagi raqiblari - Iroq, Eron va Yaman. Ushbu termaning Osiyo kubogidagi eng yaxshi natijasi 2007 yilda bo'lgan - chorak final.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia