"Vest Xem" va "Sampdoriya" "Yuventus" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
30 avg 2021
"Yuventus" himoyachisi Luka Pellegrini faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli italiyalik futbolchini "Vest Xem" va "Sampdoriya" klublari ijaraga olishga tayyor.

Pellegrini o'tgan mavsumni "Jenoa"da ijarada o'tkazishgan edi.

Futbolchi genuyaliklar tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira