"Vest Xem" Gabigolning transferi bo'yicha muzokaralarga kirishdi

Alisher
4 yanv 2022
"Vest Xem" "Flamengo" hujumchisi Gabriel Barboza (Gabigol)ni xarid qilish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini London klubida davom ettirishga qiziqmoqda.

Futbolchi "bolg'a urarlar"ning o'yinini kuzatadi va unga jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesning ishi yoqadi.

Barboza joriy mavsum "Flamengo" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: skysports.com