"Vest Xem" futbolchisi La Liga klubini tanlash niyatida

Alisher
1 iyul 2021
"Vest Xem" himoyachisi Fabian Balbuena yaqin vaqt ichida klubni tark etadi.

Paragvaylik futbolchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yozda o'z yakuniga etadi. As nashrining yozishicha, ayni vaqtda Balbuenaga ikki jamoadan taklif bor – "Dinamo" va "Betis".

Moskvaliklarning taklifi moliyaviy tomondan yaxshiroq bo'lsa ham, 29 yoshli himoyachi "Betis" bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Balbuenani La Ligada o'ynash va Sevilyada yashash o'ziga jalb qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: As